Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi
“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turiladi:
— eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalarini;
— shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.
Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.
Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turi hisoblangan).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring