Ayrim oʻquvchilar davlat imtihonidan ozod etiladi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligi Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjat joriy yilning 19-mart kuni 2011-5-son bilan roʻyxatga olingan.
Unga koʻra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
Yakuniy attestatsiya sinovlarini 3-yil mobaynida ham topshirmagan oʻquvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.
Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda oʻquvchilar davlat imtihoni baholari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin boʻladi.
Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini koʻrishda oʻquvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring