AI-80 markali avtomobil benzinining narxi pasaydi

17:03 23 Mart 2021 Iqtisodiyot
941 0

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 15 – 21-mart kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 35 965,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 14 588,0 tonnasi, yaʼni 40,6% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 29 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 287,5 ming soʻmdan 6 269,7 ming soʻmgacha pasaydi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 178,2 ming soʻmni, AI-91 – 7 679,3 ming soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?