Aholi murojaati eʼtiborda

18:13 10 Oktyabr 2023 Jamiyat
560 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Paxtakor tumani “Buyuk ipak yoʻli” mahallasi hududida yangi koʻprik qurilib foydalanishga topshirildi.

— Koʻp yillardan buyon kanal ustiga qurilgan kichik koʻprigimiz yaroqsiz holga kelib qoldi va uni bartaraf yetish uchun “Xalq qabulxonasi”ga, respublika va viloyat hokimining sayyor uchrashuvlariga borib murojaat qildik, — deydi shu mahalla faoli Doʻstmanbet Suyunov. – Yozda unchalik bilinmasada qishda juda qiynab qoʻyadigan 2 kilometrlik yoʻlning uzoqlashishi kattalar bilan birga yoshlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmasdan qolmadi. Qish-qirovli va yogʻin-sochin kunlarda farzandlarimizning ust-boshi jiqqa loy boʻlib kelardi. Mana endi ularning hammasi ortda qoldi. Yangi koʻprik ishga tushdi. Murojaatimiz eʼtiborga olinganidan juda xursandmiz.

Uzunligi 36 metr, eni 12 metr boʻlgan mazkur yoʻl oʻtkazgichga mamlakatimiz byudjetidan 4 milliard 168 million soʻm mablagʻ ajratildi va uch oyni ichida barpo qilindi. Mazkur koʻprik nafaqat “Buyuk ipak yoʻli” mahallasiga, balki unga qoʻshni boʻlgan “Amir Temur” mahallasi aholisiga ham qulaylik yaratishi va ogʻirini yengil qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?