8500 tup mevali daraxt

08:28 13 Mart 2020 Jamiyat
1180 0

Koʻklam yerga urugʻ qadash mavsumi. Shu bilan birga bahorgi ishlar boshlanishi hamdir.Yer tekislash, suv yoʻllarini tozalash, koʻchat ekish degandek. Bugun dalaga razm solsangiz koʻchat ekib bogʻ yaratishga oshiqayotganlarni koʻrasiz. Chunki, bahorning ilk kunlarida ekilgan har qanday nihol ildiz otib, koʻkka boʻy choʻzadi.

“Narpay serhosil dalalari” fermer xoʻjaligi ishchilari ayni paytda 25 gektar maydonga 1000 tup behi, 2000 tup olma, 4500 tup shaftoli va 1000 tup oʻrik koʻchatlarini ekmoqda. Bir paytlar bu joylar tashlandiq, ekin ekishga yaroqsiz maydon edi. Tinimsiz mehnat tufayli toshloq yerga unumdor tuproq tashib solindi. Qarabsizki qarovsiz joy chamanga aylanmoqda.

Maqsad esa yagona – ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga barpo etilishi rejalashtirilayotgan bogʻdan foydalanib, yashash sharoitini yaxshilash, ularni kambagʻallikdan chiqarishdan iborat.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bogʻdorchilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan kam taʼminlangan oila vakillariga shu yerning oʻzida dala shiyponlari tiklanmoqda.

 

Abdulaziz Yoʻldoshev(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?