80 ming nafar aholi kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanadi

12:18 21 Noyabr 2019 Jamiyat
1033 0

Illyustrativ foto

Samarqand shahrida Jahon banki tomonidan ajratilgan 49,3 million AQSH dollari hisobidan 60,4 kilometr oqova tarmoqlarini qurish (shundan 54,3 kilometr yangi oqova tarmoqlari qurilib, 5,6 kilometri rekonstruksiya qilindi) ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, navbati bilan qoʻshimcha 3 ta oqova suv nasos stansiyasi va 45 kilometr kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Samarqand shahrida olib borilayotgan mazkur ishlar nihoyasiga yetadigan boʻlsa, shahardagi 80 ming nafardan ortiq aholi markazlashtirilgan kanalizatsiya xizmatlari bilan toʻliq taʼminlanadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер