40 ming koʻchat — 40 million soʻm daromad
Kasbi tumanining Jizza mahallasida yashovchi Mahliyo Muqimovaning turmush oʻrtogʻi davlat tashkilotida ishlaydi. Topish-tutishi yaxshi.
Ammo faqat turmush oʻrtogʻining topayotgani bilan cheklanib qolishni istamagan, oʻzi ham harakat qilib, oila byudjetiga hissa qoʻshishni oʻylagan ayol bir necha yil avval koʻchat yetishtirishni yoʻlga qoʻygan.

- Buning uchun katta sarf-xarajat ham kerak emas, — deydi u. – Ikki sotix maydonni yopadigan kichik issiqxona boʻlsa yetarli. Ishni dekabr oyining oʻrtalaridan boshlaymiz. Avval urugʻlarni issiqxonaga, yerga ekamiz. Ular unib chiqqach, yanvar oyi oxirlariga kelib har bitta koʻchatni alohida selofan stakanchaga oʻtqizamiz. Bu mavsum qirq mingta koʻchat yetishtirdik. Hozir buyurtmachilarga yetkazib berishni boshlab yuborganmiz.
- Mahliyo Muqimovaning aytishicha, 2 sotix maydonda yetishtirilgan 40 ming dona koʻchatdan barcha xarajatlarni chiqarib tashlaganida ham 40 million soʻm sof daromad qoladi. Bu oila byudjeti uchun kattagina sarmoya hisoblanadi. Koʻchatlar tugashi bilan issiqxonani olib tashlab, yerga ochiq usulda oziq-ovqat mahsulotlarini ekadi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring