2023–2025-yillar uchun Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

20:04 04 Yanvar 2023 Hujjatlar
1863 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Prezidentining “2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

“Norma” huquqiy portali maʼlumotiga koʻra, qaror bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar tomonidan 2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

— 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2024-2025-yillar uchun maqsadli moʻljallar;

— 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlarning asosiy parametrlari;

— 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda 2024-2025-yillar uchun maqsadli moʻljallar;

— 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar;

— 2023-yilda maʼmuriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxat;

— 2023-yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxat va boshqalar.

Qarorga koʻra, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining manzilli roʻyxatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.

2023-yildan boshlab Dastur doirasida mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli roʻyxatlari hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻrnatilgan tartibga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga:

— loyihalarni (obyektlarni) moliyaviy resurslar bilan taʼminlash imkoniyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritish;

— shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritilgan loyihalarning (obyektlarning) loyihaviy yechimlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif tayyorlash taʼqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер