20 nafar navoiylik qassob Germaniyaga boradi

22:37 27 Mart 2026 Jamiyat
284 0

Migratsiya agentligi Navoiy hududiy filiali tomonidan Germaniyaning “Premium Food Group” tashkilotiga qassobchilik yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirgan 20 nafar navoiylik fuqarolar bilan filial rahbarining uchrashuvi tashkil etildi.

— Uchrashuvda nemis tilini qunt bilan oʻrganish yuzasidan tushuntirish berildi, — deydi filial rahbari Ismat Boltayev. — Shuningdek, boradigan mamlakat xalqlarining milliy qadriyatlarini hurmat qilish va yuksak insonparvarlik fazilatlarini namoyish etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Negaki, mazkur hamyurtlarimiz xorijda millatimiz vakili sifatida oʻzbek xalqi odobi va qadriyatlarini taqdim etishadi.

Shundan soʻng fuqarolarga nemis tili oʻqituvchisi tanishtirilib, oʻquv jarayonini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?