1200 nafardan ziyod xotin-qiz kasb-hunarga oʻqitildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Peshkulik bir guruh xotin-qizlar mustaqil tarzda ishlab oʻz bizneslariga ega boʻlish sari dastlabki qadamni qoʻydilar. Bunda ularga “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi Buxoro viloyat boʻlimining kasb-hunar innovatsion oʻquv markazida tahsil olishgani asqatmoqda.
— Peshku hamda Vobkent tumanlarida oʻquv markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyganmiz,—deydi assotsiatsiya viloyat boʻlimi rahbari Dilbar Ahmedova.— Keyingi ikki yil davomida “ayollar” va “yoshlar” daftariga kiritilgan, ishsiz yurgan 1200 nafardan ziyod xotin-qiz shu markaz orqali kasb-hunarga oʻqitildi. Chekka mahalla va qishloqlarda yashovchi bu yurtdoshlarimiz tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, pillachilik, asalarichilik va hatto IT yoʻnalishlarida saboq olib, zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar. Soʻnggi ikki yil davomida assotsiatsiyamizga murojaat qilgan va tadbirkorlikka oʻqitilgan 1137 nafar xotin-qizga moliyaviy muassasalar tomonidan kredit berildi.
Aytish oʻrinliki, assotsiatsiya viloyat boʻlimi huzurida “Usta – shogird” maktabi ham tashkil etilgan. Iqlima Joʻrayeva, Nodira Rajabova, Xushvaqt Joʻrayeva, Zulxumor Quliyeva, Manzura Elboyeva, Dilorom Fayziyeva, Mahtob Adilova, Shoira Boʻldiyeva singari 80 nafar tajribali tadbirkor ishbilarmon boʻlish istagidagi 1770 nafar xotin-qizga mahorat saboqlari oʻtkazdi. Aytish joizki, Assotsiatsiyaning viloyat boʻlimi faoliyati kengayib bormoqda. Ayni damda uning salkam ikki ming nafar aʼzosi bor.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring