Ohangaronda respublikada birinchi boʻlib “Aqlli taʼlim” tizimi boʻyicha kimyo laboratoriyasi ishga tushirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi «2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Farmoniga binoan, alohida tanlab olingan tumanlarda yuqori samarador innovatsiyalarni joriy etish, hudud aholisining turmush darajasini oshirish, yuqori texnologik yangi ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va innovatsion biznes model asosida “Innovatsion hudud”larni rivojlantirish belgilangan.
Ushbu hujjatga muvofiq, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Chirchiq shaharlari “Innovatsion hudud” maqomini olgandi.
“Aqlli taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha Ohangaron tumanining “Qoraxitoy” mahallasidagi 12-umumtaʼlim maktabning kimyo laboratoriya xonasiga “Interaktiv taʼlim VR“ dasturi joriy qilindi. Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan birga birinchi darslik sinovdan oʻtkazildi. Keyin loyihaning mohiyati, afzalliklari oʻquvchilarga tushuntirildi. Endilikda kimyo fanidan laboratoriya ishlarida oʻquvchilar kimyoviy moddalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashi shart emas. Hammasi virtual shaklda olib boriladi, yaʼni mutlaqo xavfsiz. Shuningdek, ushbu dastur Toshkent viloyatida birinchilardan boʻlib mazkur maktabda oʻrnatilgani eʼtiborga molikdir.
Eʼtiborli jihati, oʻtgan yili “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumida 12-umumtaʼlim jamoasi maktabni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash loyihasini portalga joylashtirib, ovoz yigʻish natijalariga koʻra gʻolib deb topilgandi. Byudjetning orttirib bajarilgan qismidan mazkur loyiha uchun jami 1,2 mlrd. soʻm mablagʻi ajratilib, ushbu mablagʻga turli innovatsion texnologiyalar olib kelindi.
Shular orasida “Aqlli taʼlim” tizimi boʻyicha mazkur loyiha ham amalga tatbiq etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring