Qoʻrgʻontepada avtobus urib ketgan piyoda kasalxonada hayotdan koʻz yumdi
Illyustrativ foto
Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi online”/Andijon. Qoʻrgʻontepa tumanida “Andijon — Xonobod” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan davlat raqam belgisi 60 921 UAA boʻlgan avtobus haydovchisi T. U. viloyat markazi tomon borar ekan, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda O.E.ni urib yubordi.
Aholi yashash hududlarida tezlikni kamaytirish, yoʻl chetida harakatlanayotgan piyodalarni hisobga olish ayniqsa, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilarning doimiy eʼtiborida boʻlishi kerak. Haydovchi tomonidan sodir etilgan halokat tufayli jabrlangan yoʻlovchi afsuski, kasalxonada hayotdan koʻz yumdi.
“Avtohalokatlarda haydovchilar bilan bir qatorda yoʻlovchilarning ham xatolari bor. Yoʻlda harakatlanayotgan har bir kishi, u piyoda boʻladimi yoki haydovchi, bundan qatʼiy nazar, yoʻl qoidalariga amal qilsa koʻngilsizliklar yuzaga kelmaydi. Afsuski, olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay Qoʻrgʻontepa tumanida yilning shu davriga qadar 41 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etildi. Natijada 28 nafar yurtdoshlarimiz tan jarohati olgan boʻlsalar, 13 nafar fuqaro hayotdan koʻz yumdi”, - deydi tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Sanjarbek Solijonov.
Yoʻl tasodiflarga toʻla. Unda kutilmagan vaziyatlar ham yuzaga kelishi tabiiy. Shunday ekan, haydovchilar ham, piyodalar ham hushyorlikni boy bermasliklari kerak. Zarracha ehtiyotsizlik esa mudhish hodisalarga olib kelishini unutmaslik kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring