Barcha korxonalar doimgidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin

15:41 26 Yanvar 2023 Jamiyat
940 0

Yurtimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat doʻkonlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, koʻngilochar savdo markazlari va istirohat bogʻlari vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga oʻtkazish tavsiya etilgan edi.

Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimgidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?