Retseptsiz berish mumkin boʻlmagan dori vositalarini sotgan tadbirkorlarga qator javobgarliklar belgilangan
Foto: Illustrativ surat
Retseptsiz berish mumkin boʻlmagan dori vositalarini sotgan tadbirkorlarga qanday javobgarlik borligi toʻgʻrisida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimova shunday deydi:
— Qonunchilikka koʻra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari mavjud boʻlmagan, retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha jarimaga sabab boʻladi.
Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarni retseptsiz sotish esa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima, ikki yil axloq tuzatish ishlari yoki uch yillik qamoq jazosiga sabab boʻladi.
Dorixonalar muntazam ravishda bunday qonunbuzarlikni sodir etib kelgan taqdirda, bu holat litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatilishiga olib keladi.
Dorixonalarga tadbirkorlik subyekti deb qaraladi. Holbuki, u yerda oq xalat kiygan mutaxassislar ishlaydi. Bu – ular barcha farmatsevtik talablarga toʻliq javob berishi kerak degani.
Shuning uchun mamlakatimizdagi barcha dorixonalar tomonidan zarur dorixona amaliyoti talablari bajarilishini taʼminlash lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring