Prokuraturaning aralashuvi bilan 90 mingdan ortiq fuqaroning huquqlari tiklangan, salkam 2 trln soʻm undirib berilgan
Foto: Firdavs Aminov, “Xalq soʻzi”
Oʻtgan yil mobaynida prokuratura organlari aralashuvi bilan kelib tushgan murojaatlarning 41 430tasi qanoatlantirilgan. Bu haqda Bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Yoʻldoshev “Taraqqiyot strategiyasi” Markazida 2018 yilga moʻljallangan Davlat dasturining Bosh prokuratura masʼul hisoblangan bandlarini ijro etilishi natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumanida gapirib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.
Uning aytishicha, hisobot davrida 264 260 murojaat kelib tushgan, shulardan 41 430tasi qanoatlantirilgan. Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha 2009ta, fuqarolik ishlari boʻyicha 1364ta, iqtisodiy ishlar boʻyicha 920ta, maʼmuriy ishlar boʻyicha 314ta holatda sud protestlari kiritilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari koʻrilgan.
Fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab shu sudlarga 14 487 daʼvo arizalari kiritilgan. Turli boshqaruv organlarining fuqarolar va davlat va jamoat tashkilotlariga zid ravishda chiqarilgan 21 212 noqonuniy hujjatlariga protestlar kiritilib, 16 090 holatda qonunbuzilishlar taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan bartaraf qilindi. Jami 90 143 fuqarolarning buzilgan huquqlari bevosita prokuraturaning aralashuvi yordamida tiklab berildi.
Tekshirish, tergov va boshqa prokuror tadbirlari natijasida 1 trln 832 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar undirib berilgan.
Bosh prokuror oʻrinbosariga koʻra, 39 991 shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring