Shavkat Mirziyoyev — Osiyoning yil odami
Arxiv foto
Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “2018 yil odami” deb eʼlon qildi.
Mamlakatimiz rahbari siyosiy yoʻnalish boʻyicha gʻolib, deb eʼtirof etildi.
Assotsiatsiya vakillari taʼkidlaganidek, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabrda Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini taʼminlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan, siyosiy mahbuslarni ozod etishda yuksak natija koʻrsatib kelyapti.
“The Korea Times” xabariga koʻra, Oʻzbekiston rahbari qoʻshni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan holda, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qoʻshmoqda.
Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha “LG Group” faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol boʻyicha Vyetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan So qayd etildi.
Gʻoliblar nomlari maxsus hakamlar tomonidan mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya aʼzolari tavsiyalari hamda baholaridan soʻng aniqlandi. Xabar berilishicha, taqdirlash marosimi 2019 yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring