Andijonda yangi koʻrinishdagi archa qad rostladi
Foto: “Xalq soʻzi Online”
“Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov/Andijon. Yangi yil oʻz moʻjizalari, kutilmagan sovgʻa-salomlari bilan dillarga xushnudlik baxsh etadi. Respublikamizning har bir hududida yam-yashil bargli archalar koʻkka boʻy choʻzib, barchaning koʻzini quvontirayotgan bir paytda Andijon shahrining Oʻzbekiston koʻchasida salqin ichimliklardan bunyod boʻlgan “archa” qad rostladi.
“777.uz” savdo majmuasi tomonidan yaratilgan ushbu archaning boʻyi 9 metr, eni 4 metrdan iborat boʻlib, salkam 15 ming dona plastik idishlardan tarkib topgan.
“Bu kabi archa oʻtgan yili ham qad rostlagan edi. Oʻziga xos koʻrinishi haqiqatdan ham kayfiyatni koʻtarib, bayramona ruh baxsh etmoqda”, - deydi xaridor Sanobarxon Azimova.
Rang-barang tovlanib turgan bu archa xaridorlarda nafaqat, qiziqish uygʻotmoqda, balki savdo peshtaxtalarida arzon narxda taqdim etilayotgan mahsulotlarni xarid qilishga ham undamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring