Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi boshlandi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi poydevoriga kapsula qoʻydi.
Davlatimiz rahbari bu loyiha bilan joriy yil martda viloyatga safari chogʻida tanishgan, uni takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. Shular asosida “pishitilgan” loyiha ijobati bugungi xayrli kunlarda – mustaqillik bayramimiz arafasida boshlandi.
Marosimda xorazmlik yoshullilar, ayollar, yoshlar ishtirok etdi. Prezidentimiz ular bilan muloqot qildi.
— Bugungi zamonaviy ilm-fanning, elektron kashfiyotlarning tub zamini Al-Xorazmiy bobomizning mislsiz ilmiy merosi bilan bogʻliq. Biz bu bilan nafaqat faxrlanishimiz, balki unga munosib boʻlishimiz kerak. Shuning uchun Urganch shahrida buyuk olim nomi bilan ataladigan alohida shaharcha barpo etishga qaror qildik, — dedi davlatimiz rahbari.
Bu majmua Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi. Samolyotdan tushgan har qanday odamning koʻz oʻngida avvalo mana shu goʻzal maskan namoyon boʻladi. Shaharcha markazida Xorazmiy bobomizning muazzam haykali oʻrnatiladi.
Asosiysi, bu yerda Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet barpo etiladi. Uning qoshida isteʼdodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab quriladi. Ularda oʻqigan yoshlar shaharchada bunyod etiladigan ilm-fan, innovatsiya va madaniyat markazlarida faoliyat koʻrsatib, buyuk ajdodimizning anʼanalarini davom ettiradi.
Shuningdek, bu yerda texnopark va ofislar, tibbiyot, innovatsiya va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va bogʻchalar, sport majmualari, avtoturargoh, savdo va maishiy binolar boʻladi. 5 mingta xonadonli 104 ta koʻp qavatli uy-joy barpo etiladi. Inshootlar “aqlli texnologiyalar” asosida jihozlanadi.
Davlatimiz rahbari majmua bunyodkorlarini Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ushbu masʼuliyatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan soʻng Prezidentimiz Xorazmga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring