Oʻzbekistonning qaysi hududida tulkilar koʻp?

11:18 02 Avgust 2022 Jamiyat
1386 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlarda mavjud tulkilarning umumiy soni 4 533 tani tashkil etgan.

Yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlar hisob-kitoblariga koʻra, tulkilar soni eng koʻp boʻlgan hududlar:

Qashqadaryo viloyati – 1 537 ta;

Qoraqalpogʻiston R. – 1 527 ta;

Toshkent viloyati – 624 ta;

Buxoro viloyati – 392 ta;

Fargʻona viloyati – 356 ta.

2022-yilning 1-yanvar holatiga, tulkilar soni boʻrilar soniga qaraganda 3 mingtaga koʻp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?