Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi TurkPA Parlament assambleyasining XI yalpi majlisida nutq soʻzladi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Raisi taklifiga binoan Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlamentlar assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.
Shuningdek, majlisda Assambleyaga aʼzo davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston parlamentlari rahbarlari, Vengriya (kuzatuvchi maqomiga ega) va Turkmaniston (faxriy mehmon sifatida) spiker oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
“Parlament diplomatiyasi – ishonch va hamkorlik asosi” yalpi majlis mavzusi boʻldi.
Oliy Majlis Senati Raisi oʻz nutqida ishtirokchilar eʼtiborini dolzarb masalalarni hal etishda parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalangan holda turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikning hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratdi.
Majlisda “Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi model qonun loyihasi qabul qilindi, Assambleya bosh kotibining oʻrinbosarlari va kotibiyat komissiyalari rahbarlari tasdiqlandi, kuzatuvchi missiyalarning 2021-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, 2021-yil noyabr oyida Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovi, shuningdek, 2022-yil iyun oyida Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan referendum boʻyicha hisobotlari eshitildi.
Tadbir yakunida Choʻlpon-Ota deklaratsiyasi va TurkPA nomini Turkiy mamlakatlar Parlament assambleyasi deb oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring