“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi

08:16 12 May 2022 Jamiyat
1360 0

Foto: Illustrativ foto

Ushbu Qonunning maqsadi inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hujjatga koʻra, tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiya obyektlari boʻlishi mumkin, ularning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sunʼiy ravishda yetishtirilgan aʼzolar transplantatsiya obyektlari boʻlmaydi.

Shuningdek, qonunning amal qilishi:

— insonning koʻpayishiga taalluqli boʻlgan aʼzolar va toʻqimalarning transplantatsiyasiga;

— aʼzolar va toʻqimalarning autogen (bir shaxsning oʻzi tirik donor va retsipiyent boʻladi) transplantatsiyasiga;

— qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?