Inson huquqlari boʻyicha taʼlimda oliy taʼlim muassasalari birdamligining oʻrni
Foto: Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati
Bugun Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida Milliy markaz huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda inson huquqlari sohasidagi taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajriba muhokama qilindi.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, gibrid formatda oʻtkazilgan tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Rossiyaning Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi taʼlimning xalqaro huquqiy asoslari koʻrib chiqildi. Ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi.
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va xalqaro inson huquqlari normalari va tamoyillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng yoyish masalasi bilan BMT deyarli tashkil topgan paytidan buyon doimiy ravishda shugʻullanib kelmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov atroflicha toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga toʻliq rioya qilish uchun maʼrifat va taʼlimning muhimligi haqidagi qoida 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan.
Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini ochish maqsadida tashkil etilgan mamlakatimiz yuridik taʼlim muassasalari konsorsiumining rasmiy ish boshlagani bu borada muhim voqea boʻldi. Konsorsium tarkibiga mamlakatimiz Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kirgan.
Uchrashuvda Qozon federal universiteti vakillari, xususan, Xalqaro aloqalar boʻyicha fakultet dekani oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori Rustem Davletgildeyev, Xalqaro va Yevropa huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Adel Abdullin, Huquq fakulteti dekani, yuridik fanlar doktori, professor Liliya Bakulina Rossiya universitetlari konsorsiumining inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdilar.
Konsorsium 10 ta universitetni oʻz ichiga olgan. Anjumanda ushbu tuzilmaning “Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish” magistratura dasturini amalga oshirish boʻyicha tajribasi taqdim etildi.
Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishida inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida ilmiy va taʼlim muassasalarining inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari va davlat tizimi amaliyotchilari bilan hamkorligi va oʻzaro sherikligi darajasini oshirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, inson huquqlari sohasida taʼlim olishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring