Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish shartlarini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi (YEI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” toʻxtatishi va qoʻshinlarning olib chiqishi bilan yumshatishi mumkin. Ushbu fikrlarni YEI tashqi ishlar xizmati rasmiy vakili Piter Stano aytib oʻtdi.
Shu bilan birga, u YEI “xulq-atvorni oʻzgartirish” yoki xalqaro yoki gumanitar huquq buzilishiga javob berish uchun sanksiyalar qoʻllashini va YEI qonunbuzarliklar bartaraf etilgan, deb hisoblamaguncha cheklovlar oʻz kuchida qolishini taʼkidladi.
Stanoning soʻzlariga koʻra, sanksiyalar roʻyxatini uzaytirish va tuzatish toʻgʻrisidagi qarorlar YEI aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.
Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, qator rasmiylar, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring