Hammamiz reglamentga amal qilsak, umrimiz yigʻilish zallarida oʻtib ketmaydi — Murotjon Azimov

13:40 07 Fevral 2022 Jamiyat
670 0

Foto: Халқ сўзи

Haqiqatan bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda joylarda mahalliy hokimliklar, qator davlat idoralari tomonidan haddan tashqari yigʻilishlar koʻp oʻtkazilayotgani haqidagi eʼtirozlarga duch kelmoqdamiz. Yashirishning hojati yoʻq, hatto baʼzi rahbarlar oʻzining shaxsiy ishlari bilan idorada boʻlmagan chogʻda “Men yigʻilishda edim” deyishga odatlanib qolgan. Baʼzan fuqarolarning “yigʻilishga ketgan” rahbar kabineti eshigi oldida kunni kutish bilan oʻtkazish hollari ham hamon barham topganicha yoʻq.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov kam yigʻilish oʻtkazib, koʻp ish qilish zarurligini, boshlangan haftaning yarim kuni yigʻilishlarga sarf etilayotganini, agar reglamentga amal qilinmasa, loʻnda va qisqa gapirilmasa, ish soatlari yigʻilish zallarida oʻtib ketishini aytdi.

— Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini eʼlon qilaman, — dedi viloyat rahbari keyingi masalaga oʻtib. — Endi tashkilotimiz obroʻsi toʻkilmasin, deb korrupsiya holatlarini yashirish oʻrniga davlatimiz shaʼni va taraqqiyotini oʻylasak, yaxshi boʻlar edi. Endilikda bunday oʻtkir muammoga befarq qaraganlar ham jazodan quruq qolmaydi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?