“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi tanlovda gʻolib boʻlgan nurobodlik oʻquvchi eski noutbuk bilan “taqdirlandi”. Nurobod tumani hokimligi esa yangi telefon berganmiz deyapti...
Foto: Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi gʻolib boʻlgan nurobodlik oʻquvchi eski noutbuk bilan “taqdirlandi”. Nurobod tumani hokimligi esa yangi telefon berganmiz deyapti...
16-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 41-umumtaʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisining videomurojaati tarqaldi. Oʻquvchi oʻz murojaatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi IT tanlovining tuman bosqichida ham, viloyat bosqichida ham gʻolib boʻlganini aytadi. Ammo tanlov gʻolibi sifatida unga berilgan noutbukni uyiga kelib ochib koʻrganida avval ishlatilgan, eski ekaniga guvoh boʻlgan. Tanlov gʻolibi noutbukdagi ilovalardan mazkur “sovrin” boshqa bir oʻqituvchining eski noutbuki ekanini aniqlagan.
Murojaatda gʻolib oʻquvchi sovrin sifatida eski noutbuk unga kim tomonidan berilganiga aniqlik kiritmagan.
Mazkur holat boʻyicha Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati quyidagicha munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni Nurobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Bir million dasturchi” loyihasi asosida "IT-TANLOV"ning tuman bosqichi boʻlib oʻtgan.
Mazkur musobaqada 41 umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi S. Sattarov faxrli birinchi oʻrinni olib, tuman hokimligining faxriy yorligʻi hamda "Realme C11" rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berilishi aytilmoqda.
Shuningdek, ushbu holat yuzasidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi vakillari ham tez orada rasmiy maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, Xalq soʻzi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring