Chustda odamlar ommaviy zaharlanishi kuzatildi

Namangan viloyati Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish natijasida tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Chust bozori yaqinidagi tamaddixonalardan birida 21 okyatbr kuni ovqatlangan taxminan 30ga yaqin odamlar sogʻligʻidan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, odamlar goʻshtdan tayyorlangan kabob isteʼmol qilgach, shifoxonaga murojaat qilgan.
Ularning olti nafari ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Qolgan bemorlarga birinchi yordam koʻrsatilgan va uy sharoitida muolajani davom ettirish uchun javob berib yuborilgan.
“Xalq soʻzi“ gazetasi Sanitariya-epidemiologiya nazoratining Chust tumani markazi rahbari bilan mazkur masala yuzasidan bogʻlandi. Ammo tashkilot rahbari ishxonasida yoʻqligi bahonasida bilan maʼlumot berishni istamadi.
“Xalq soʻzi Online“ mazkur vaziyat boʻyicha voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Batafsil maʼlumot tez orada saytimiz orqali eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring