Oʻzbekistondan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordami joʻnatildi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston tomonidan qoʻshni afgʻon xalqiga 63 vagonlik oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda koʻmir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara oʻtkazish punkti orqali Afgʻonistonning Mozori Sharif shahriga yoʻl oldi.
Shu munosabat bilan bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Afgʻonistonga 1300 tonna insonparvarlik yordam joʻnatgandi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring