Bugun — Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni
Bir qarashda, jurnalistika u qadar xavfli kasbga oʻxshamaydi. Ammo u dunyodagi eng xatarli kasblardan biri hisoblanadi. UNESCO rasmiy saytining 1993-yildan boshlab qayd etgan roʻyxatiga koʻra, 2020-yilgi holatda dunyoda 1405 nafar jurnalist oʻldirilgan. Jurnalistlarga hujum haqidagi xabarlar bugun ham tez-tez quloqqa chalinib turadi, afsuski.
Shu sabab qalam ahlining oʻzaro birdamligi nafaqat tilda, balki amalda ham oʻz isbotini topishi uchun birdamlik kuni alohida bayram sifatida belgilangan. 1958-yili Xalqaro jurnalistlar tashkilotining Buxarestda boʻlib oʻtgan IV kongressi qaroriga binoan, har yili jahonda 8-sentyabr Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni (International day of solidarity of journalists) sifatida nishonlanadi. Maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik BMT tomonidan ham ushbu kun Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni deb eʼlon qilingan.
Bu kun oʻz-oʻzidan tanlanmagan albatta. Ushbu kun 1943-yil 8-sentyabr kuni Berlinda fashistlar tomonidan qatl qilingan chexoslovakiyalik jurnalist va adabiy tanqidchi Yulius Fuchik xotirasiga bagʻishlab tanlangan. Fuchik Praga qamoqxonasida boʻlgan vaqtida “Dor ostidan reportaj” (Notes from the gallows) kitobini yozgan. Mazkur kitob dunyoning 70 tiliga tarjima qilingan boʻlib, muallif vafotidan soʻng ikki yil oʻtib, 1945-yilda ilk bor chop etilgan, yetti yil oʻtib esa Xalqaro tinchlik sovrini bilan taqdirlangan.
Maʼlumot uchun, Amerika jurnalistlarining eng nufuzli mukofoti hisoblanmish Pulitser mukofotining taqdirlash marosimi ham deyarli har yili 8-sentyabrda oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring