Oʻzbekistonda koronavirusning xavfli shtammi keng tarqalgani maʼlum qilindi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlarini oʻrganish natijalarini eʼlon qildi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalariga koʻra, “delta” shtammining ulushi 82%ni tashkil etadi, bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni “alpha” (10,3%) va 20A (7,7%) shtammlari egallashdi.
Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori Shahloxon Turdiqulova eʼlon qilingan maʼlumotlarga izoh berar ekan, shunday dedi: "Soʻngi haftalarda koronavirusning “delta” varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan toʻrtidan oshdi. “Hind shtammi” deb nomlanuvchi virus turi “Uxan” va “Britaniya” versiyalariga qaraganda koʻpincha kasallikning ogʻir shakllariga olib kelishi havotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan oʻzgartiradi: afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubatsiya davri qisqarib, sogʻliq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi.
Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali. Emlanganlar kamdan-kam hollarda kasallikka uchragan taqdirlarida ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19ʻni yengil oʻtkazadi. Buni 24-avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring