Qarshida oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 31-maktab chet tili oʻqituvchilari hojatxonani tozalash va qayta taʼmirlash ishlariga majburan jalb qilinganligi toʻgʻrisida video tarqaldi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu xabar Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani 31-son maktab direktori oʻqituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha, Qarshi tumani 31-son maktab direktoriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring