“Sharq“ tezyurar poyezdida yangi vagonlar bilan xizmat koʻrsatila boshlandi

Turizmni rivojlantirishda transport tizimining alohida oʻrni bor. Shu bois keyingi yillarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, yoʻnalishlarni zamonaviy, tezyurar poyezdlar bilan taʼminlash, vagonlarni modernizatsiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday vagonlardan bir nechtasi Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishidagi “Sharq“ tezyurar elektropoyezdiga ulandi.

Aytish joizki, mazkur vagonlar bir qator qulayliklarga ega. Xususan, oldingi vagonlar 36 oʻrinli edi. Yangi vagonlar esa 48 yoʻlovchiga moʻljallangan. Sovutish va isitish tizimlariga ega. Tashqi shovqindan himoyalangan. Qoʻl yuvish xonasi hozirgacha foydalanib kelinayotgan vagonlarga nisbatan keng.
Bunday vagonlar bosqichma-bosqich ishlab chiqariladi.



Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring