“Uzbekistan Airways” aviachiptalarga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi
Arxiv surat
“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayramiga munosabati bilan joriy yilning 1-sentyabrdan 5-sentyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni eʼlon qildi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;
• Yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30%;
• Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), oʻquvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
• Oilalar uchun 50% (2 va undan ortiq, yaʼni: er va xotin hamda ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
• Pensionerlar uchun 50%;
• Nogironligi bor shaxslarga 50%;
• 1941-1945-yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;
• 1941-1945-yillarda urush frontida koʻrsatgan fidokor mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;
• Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirok chilar uchun 50%.
Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qoʻllash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qoʻllash mumkin emas. Yoʻlovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring