Qashqadaryoda harbiylar uchun autsorsing tizimiga asoslangan zamonaviy oshxona ish boshladi


Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oshxona foydalanishga topshirildi.

Bir vaqtning oʻzida 200 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun moʻljallangan boʻlib, har kuni ularning eʼtiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega.

Taʼkidlash kerak, autsorsing tizimi oshxonadagi oziq-ovqat taʼminoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga xizmat qiladi. Oshpazlar har kunlik belgilangan qatʼiy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga moʻljallangan alohida xonalar mavjud. Har bir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqori sifatli idish-tovoqlar bilan taʼminlangan. Bu esa harbiy xizmatchilarning sifatli ovqatlanishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorni imzolagan boʻlib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barchasi ushbu tizimga samarali oʻtkazildi.


Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring