Sirdaryoda “Tokio — 2020”ga boradigan sportchilarga viloyat hokimligi tomonidan 100 million soʻmdan mukofot topshirildi

21:17 13 Iyun 2021 Sport
2528 0

Gulistonda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan “Bagʻrikeng Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” millatlararo doʻstlik festivali oʻzining rang-barang dasturlari, yuqori darajadagi tashkiliy jihatlari, eng muhimi, xalqimiz hamjihatligini yana-da mustahkamlash, mamlakatimiz yoshlarini yagona maqsad yoʻlidagi shaxsiy masʼuliyati va faolligini oshirishga qaratilgan teran mazmun-mohiyati bilan esda qolarli va samarali katta tantana boʻldi.

Tashkilotchilarning maʼlumotiga koʻra, festivalda yuz mingdan ziyod yoshlar qatnashdi.

Festival tadbirlari doirasida turli sohalarda katta natijaga erishgan hamda turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlar hamda jamoalarning yutuqlari yigit-qizlarga ibrat qilib koʻrsatildi hamda ular munosib ravishda ragʻbatlantirildi. Xususan, “Tokio — 2020” Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sirdaryolik sportchilarni sharaflash marosimining oʻn minglab yoshlar ishtirokida oʻtkazilganligi bunga misoldir

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev dunyoning eng katta sport musobaqasida qatnashish huquqiga ega boʻlgan sportchilar Server Ibragimov (pnevmatik oʻq otish), Shohboz Xolmirzayev (akademik eshkak eshish), Safina Saʼdullayeva (yengil atletika)ni ulkan yutuq bilan tabrikladi. Har biriga viloyat hokimligi nomidan 100 million soʻmdan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.Olimpiadada oʻrin olib, gʻolib boʻlib qaytganlar xonadon hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi ham ayni festivalda eʼlon qilindi.

Maʼlumot uchun: “Tokio-2020”da Sirdaryo viloyati tarixida birinchi marta olimpiada oʻyinlarida sirdaryolik uch nafar sportchi qatnashadi.

Ahmadali SHERNAZAROV
("Xalq soʻzi").

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер