Aholini uy-joy bilan taʼminlashga 18 trillion soʻm yoʻnaltiriladi
Arxiv surat
Ayni paytda Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, koʻp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilmoqda.
Unda qatnashyotgan “Xalq soʻzi” muxbirining xabar berishicha, joriy yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan taʼminlash doirasida 7 ming 794 ta qishloq va mahallada bajarilishi lozim boʻlgan aniq ishlar belgilanib, bunga 18 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlariga yana qoʻshimcha 300 million dollar ajratildi. Natijada birgina ichimlik suvi taʼminoti sohasida 1 ming 400 kilometr tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 8,5 ming kilometr ichki yoʻllar taʼmirlandi. Oʻtgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, mingta transformatorlar yangilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring