Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 12 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi.
Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi.
Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʻlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali doʻstona aloqalarga yangi surʻat baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring