COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida qurbonlar yana-da koʻp boʻlishi mumkin
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning taʼkidlashicha, COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida qurbonlar soni birinchi yilga qaraganda koʻp boʻlishi mumkin.
"COVID-19 hozirgacha 3,3 million kishining hayotiga zomin boʻldi. Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga oʻtdik, bu yil avvalgi yilga qaraganda ham koʻp qurbonlik berilishi mumkin. Insonlarning hayotini saqlab qolishning birdan-bir yoʻli – vaksinatsiyada birlashish va jamoatchilik sogʻligʻi sohasida koʻriladigan choralardir", — dedi JSST bosh direktori matbuot anjumanida.
JSSTdan maʼlum qilinishicha, faqat emlanish bilan virus tarqalishining oldini olib boʻlmaydi. Chunki emlangan odamlar ham kasallanishi mumkin, ammo ularga unchalik ogʻir boʻlmagan formadagi virus yuqishi mumkin. Cheklovlarni yumshatish yoki niqob taqish tartibini bekor qilish mamlakatda emlanganlar soniga emas, balki COVID-19 tarqalishi darajasiga asoslanishi kerak, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring