Har bir bitiruvchi kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart — Shavkat Mirziyoyev
Ayni vaqtda Prezident rahbarligida chet tillarini oʻqitishni takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor oʻtkazilmoqda.
Unda har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari boʻyicha tayanch oliygoh sifatida belgilanishini maʼlum qildi.
“Chet tillarini oʻqitishga urgʻuni boshqacha qoʻyish kerak. Katta korxonalar qurilyapti, texnologiyalar oʻrnatilyapti. Xorijiy tilni mukammal bilish zarurati yuzaga kelyapti. Barcha hududlar rahbarlari, taʼlimga aloqador tashkilotlar oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtiborimizni chetda qoldirmay, chet tillarini oʻrgatish boʻyicha jiddiy shugʻullanishi kerak. Maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart” - deydi Prezident.
Prezident Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishini maʼlum qildi. Agentlik dunyoda samarali natija bergan oʻqitish metodikalari, dastur va darsliklarini bogʻcha, maktab, litsey, oliygoh va oʻquv markazlarida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirishga koʻmaklashadi.
Har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari boʻyicha tayanch oliygoh sifatida belgilanishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring