Buyuk Britaniyada koronavirusning yana yangi shtammi aniqlandi. U juda yuqumli boʼlishi mumkin

17:33 16 Aprel 2021 Dunyo
1677 0

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi aniqlangan. Ushbu mutatsiya Janubiy Afrika va Braziliya shtammlariga qaraganda yuqumli boʼlishi mumkin.

“Mamlakat sogʼliqni saqlash boshqarmasi yangi mutatsiyaga «koʼrib chiqilayotgan variant» maqomini berdi. Dastlab, Hindistonda aniqlangan ushbu shtamm bir nechta mutatsiyaga ega”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, ushbu mutatsiya 77 kishida tasdiqlangan. Mutaxassislar ular bilan aloqada boʼlgan odamlarni aniqlashga kirishgan.

Sharqiy Angliya tibbiyot universiteti professori Pol Xanter yangi shtammda ikkita mutatsiyasi mavjudligini qoʼshimcha qilgan.

“Bu hatto Braziliya va Janubiy Afrika variantlariga qaraganda vaktsinalar tomonidan kamroq nazorat qilinishi mumkin”, deydi professor.

Oldin ham Buyuk Britaniyada koronavirus infektsiyasining mutatsiyasi aniqlangan edi. Buyuk Britaniyaning sogʼliqni saqlash vaziri Mett Xenkok ushbu shtamm mamlakat hududiga Janubiy Аfrika Respublikasidan kirib kelganini va yanada yuqumli ekanligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?