Nizolarni sudgacha hal qilish tartibi haqida bilasizmi?

Mamlakatda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-son qaroriga asosan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi.
Quyidagilar Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha koʻrib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal qilish choralarini koʻrish;
murojaatni koʻrib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;
murojaatni koʻrib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.
Apellyatsiya kengashi murojaatni koʻrib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
murojaat etuvchilar, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan murojaatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan Apellyatsiya kengashi vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotnomalar, axborot-tahliliy materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va bepul olish;
qoʻshimcha ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
murakkab masalalarni oʻz ichiga olgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya kengashi aʼzolaridan ishchi va ekspert guruhlari tashkil etish;
zarurat boʻlganda, murojaatlarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring