Oʻzbekistonda yashayapman, oʻzbekcha gapiryapman — Ortiqxoʻjayev ruscha gapirishini soʻragan fuqaroga javob qaytardi
Avvalroq, “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning jamoatchilik vakillari bilan Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi haqida xabar bergan edik.
Unda hokim STELLA haqida maʼlumot berib, xiyobonda bironta ham daraxt kesilmasligi hamda piyodalar, velosipedlar yoʻlaklari qurilishini aytar ekan, yigʻilganlar orasidan kimdir baland ovozda ruscha gapirishini soʻradi.
“Oʻzbekcha gapiryapman, Oʻzbekistonda yashayapman, oʻzbekcha gapiryapman. Xohlasangiz «perevodchik” oling yoningizga», deb javob qaytardi u.
«Bu yerda men yana qaytarib aytaman, tushunishni xohlayotganlar bor, xohlamayotganlar bor. Men koʻrib turibman, umuman hech narsadan rozi boʻlmayapti. Qayerdan nima qilyapti, nima boʻlyapti? Oʻzi umrida kelganmi bu parkka?
Bu parkni meni ham saqlab qolish niyatim bor. Tushuntira oldimmi? Bu parkni 10 yil 5 yil uchun emas, 100-yillab saqlab qolish niyatim bor. Bu yerga hech kim tegolmasligini xohlayman. Tegolmasligi uchun bu yerga imzo qoʻyib ketish kerak», dedi hokim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring