9-fevral arafasida barcha masjidlarda Navoiy haqiga Qurʼon xatm qilinib, duo oʻqiladi
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov maʼlum qildi.
«Bu yil ulugʻ shoir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi arafasida masjidlarda Navoiy haqiga qurʼon xatm qilinib, duo oʻqiladi.
Prezident huzurida oʻtgan yigʻilishda taniqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev tomonidan: “Hazratni bobomiz deymiz. Lekin, ul zotning farzandi boʻlmagan. Biz oʻgʻillik, farzandlik qilib, bu yil masjidlarda maʼnaviy padarimizning ruhi pokiga xatmi qurʼon oʻqilishiga ruxsat bersak...” deya taklif kiritildi.
Taklif qabul qilindi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor Hazrat Navoiy tugʻilgan sana islomiy anʼanalarga muvofiq boshlanadi» deb yozadi A.Qodirov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring