Surxondaryo viloyati hokimligi va 10 ta tuman va shahar rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchradi
Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy veb sayti “Surxondaryo.uz” hakerlar hujumiga uchradi. Shuningdek, xuddi shu kuni viloyatning yana 10 ta tuman hokimligi saytlari ham ushbu holat kuzatilgan.
«AKT boʻlimiga universitetni otasini puliga tugatgan kattakonlarning bolasini emas, soha boʻyicha haqiqiy mutaxassislarni ishga oling. Biz bugun hokimiyat tizimiga kirib bordik. Agar yaxshi mutaxassislarni eʼtiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi. Xavotir olmang, sizning “tupoy” AKT xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik», degan izoh yozib qoldirilgan viloyat hokimligi rasmiy saytida.
Xuddi shu kuni viloyat hokimligi Axborot xizmati viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchraganligini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, hakerlar hujumiga uchragan tuman va shahar hokimliklari saytlari quyidagilar:
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring