2018 yilda O‘zbekiston eng ko‘p eksport qilgan mahsulotlar (Infografika)
2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda ma’lumot beruvchi maxsus infografika Tashqi savdo vazirligi tomonidan “Xalq so‘zi Online“ga taqdim etildi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz bo‘lib, yil boshidan buyon mahsulotning eksport qiymati 1 mlrd 139 mln 948,1 ming dollarni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar (463 mln 198,1 ming dollar) va ip-paxta mahsulotlari (381 mln 039 ming dollar) joylashgan.
Paxta tolasining eksport hajmi esa 166 mln dollar biroz ko‘proq qiymatni tashkil qilgan. Shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport hajmi bo‘yicha mamlakatdagi mahsulotlar ichida bor-yo‘g‘i 15-o‘rinda qayd qilingan — 22 mln 164,2 ming dollar.
Olti oy davomida eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring