Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga yangi nomzod maʼqullandi
2020-yil 11-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda xalq vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodini koʻrib chiqdilar.
Majlisda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan Alisher Maqsudov lavozimga kirishganidan soʻng ekologiya sohasidagi islohotlarning samaradorligini taʼminlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida qisqacha axborot berdi. Deputatlar tomonidan koʻtarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Nomzod mazkur lavozimga kirishganidan soʻng ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid barcha ishlarni parlament bilan yaqin hamkorlikda olib borishini aytib oʻtdi.
Savol-javob, muhokamalardan soʻng majlis yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Alisher Maqsudov nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga maʼqullash haqidagi qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring