Elektr energiyasi uzilishlarining sabablari nimada va bu yoʻnalishda qanday ishlar qilinmoqda?

12:07 10 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
2910 0

Ushbu savolga Energetika vazirligi quyidagicha javob berdi:

— Monitoring maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda elektr energiyasidagi uzilishlar soni va davomiyligi 2019-yilga nisbatan ikki baravar kamaygan.

Elektr taʼminoti barqarorligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillardan biri – bu mavjud elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishdir. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Energetika vazirligi tomonidan muntazam ish olib borilmoqda, bu esa joriy yilda elektr energiyasidagi uzilishlar sonini ikki baravar kamaytirishga imkon berdi.

Oʻzbekistonda mavjud elektr stansiyalarining joriy quvvati mamlakat aholisi va iqtisodiyotiga, jumladan, kuz-qish davrida elektr energiyasiga boʻlgan talabni toʻliq qondirish imkonini beradi. Xususan, isteʼmolning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq va issiq mavsumda sodir boʻladigan elektr energiyasidagi uzilishlarga kelsak, bu, odatda, eskirgan elektr stansiyalari bilan bogʻliq holat boʻlib, bunda mamlakat elektr energiyasi katta miqdordagi ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan taʼminlanadi, modernizatsiya qilinadi va agar kerak boʻlsa, ularni almashtirishda kerak boʻlgan moliyaviy va boshqa zarur resurslarni ajratish bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda foydalanilayotgan energoqurilmalarning 50 foizigacha 30-40 yil davomida faoliyat koʻrsatadi. Ularning jismonan va maʼnan eskirishi ushbu energobloklarning ishdan chiqishiga olib keladi, bu esa elektr stansiyalarining ayrim energobloklarida uzilishlar yuz berishiga olib keladi. Odatda ularni taʼmirlash uchun 3-5 soat vaqt ketadi. Ushbu holatlar qisqa muddatli elektr uzilishlarining sabablari hisoblanadi.

Shu bilan birga, avariyaga qarshi avtomatikaning ishlashi orqali tizimda katta avariyalarning oldini olish uchun bunday uzilishlar amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, ana shunday paytlarda Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar elektr energetika tizimlarining integratsiyalashuvi keyingi bir necha soat ichida elektr energiyasi taʼminoti qayta tiklanishining kafolati hisoblanadi.

Ayni paytda mamlakatlar elektr stansiyalarining maʼnan va jismonan eskirgan holati bilan bogʻliq muammolarga duch kelinganda Prezidentimizning izchil olib borayotgan mintaqaviy siyosati tufayli elektr energetika tizimlarining integratsiyalashuvi maksimal darajada boʻlib, mamlakatimiz va qoʻshni mamlakatlar aholisiga va iqtisodiyotiga energiya taʼminotining barqaror yetkazilishiga xizmat qilmoqda. Shunday qilib, bu oʻzaro yordam ikki tomon uchun manfaatlidir.

Elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar har kuni davom ettirilmoqda, elektr taʼminotidagi uzilishlar soni va davomiyligi boʻyicha alohida monitoring oʻrnatilgan, bu esa elektr taʼminotidagi muammoli joylarni topishga va ularni bartaraf qilishga imkon beradi. Tizimda nafaqat modernizatsiya ishlari, balki elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda oʻsib borayotgan mamlakatimiz aholisi va iqtisodiy qudratini hisobga olgan holda energiya isteʼmolining tobora ortib borishini talab etadigan quvvatlarni oshirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер