Andijonda toʻrt egizak dunyoga keldi
Foto: Unews.uz
Egizaklar haqida soʻz ketadigan boʻlsa ayrimlar hazilomuz ohangda Andijonni ham egizaklar viloyati, deb ataydigan boʻlishdi. Boisi, bu yerda 4 nafar egizaklarni dunyoga keltiruvchilar soni tobora ortib bormoqda. Kuni kecha Andijon shahridagi perinatal markazida ota-onasining ikki yillik orzusini amalga oshirgan ikki oʻgʻil va ikki qiz chaqaloqlar ham qoʻshegizaklar safini toʻldirdi.
Paxtaobod tumanining Choʻngqirgʻiz mahallasida istiqomat qiluvchi Anvarjon va Zarifaxon Toʻxtaqulovalar turmush qurganiga ikki yil boʻldi. Bugun ularning oila aʼzolari birdaniga toʻrt kishiga koʻpaygani ularni quvontirgani tabiiy.
— Bir paytning oʻzida toʻrt nafar farzandning otasi boʻlishimni toʻgʻrisi kutmagandim, — deydi Anvarjon hayajon bilan. — Shifokorlarga rahmat, chaqaloqlarni dunyoga kelguncha boʻlgan vaqtda ham ayolimning xolidan xabar olib turishdi.
Shifokorlarning maʼlum qilishida egizaklar va onaning salomatligi yaxshi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring