Endi faqat davlat granti kvotalari belgilanadi
Kelgusi oʻquv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari belgilanadi. Toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi.
Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar:
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash;
toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim;
iqtidorli talabalarni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida ham davlat granti asosida oʻqitish;
alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim sohalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish boʻyicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring