Avgust oyida Oʻzbekistonda qancha tugʻilish qayd etildi?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 8 oyida respublika boʻyicha 525 280 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga koʻp.
Joriy yilning avgust oyida respublika boʻyicha 83 925 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilib, respublika boʻyicha eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.
Oʻtgan 8 oy mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan tirik tugʻilishlar soni boʻyicha Samarqand – 63 573 ta, Fargʻona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori oʻrinni egallagan.
Maʼlumot oʻrnida, 1897-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan boʻlib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring