O‘zbekiston tayyor kiyim-kechak eksporti hajmini oshirdi
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston qiymati 336,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston o‘tgan yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million AQSH dollariga oshirgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federasiyasi (178,3 mln.), Qirg‘iz Respublikasi (120,9 mln.) va 12,3 mln. AQSH dollari bilan Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko‘p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan (49,8) va 39,7 mln. AQSH dollari bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring